“Fargʼona NQIZ” MChJni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish doirasida qilingan ishlar

“Fargʼona NQIZ” MChJni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish doirasida qilingan ishlar

1008
“Fargʼona NQIZ” MChJni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish doirasida qilingan ishlar

 

05.08.2021. Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, FEED bazaviy loyihasi xamda (Fransiyaning “Аxens” va Buyuk Britaniyaning “Amec Foster Wheeler - WOOD” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan) marketing tadqiqotlari xisoboti (Buyuk Britaniyaning “Аrgus Media” tomonidan tayyorlangan) asosida ishlab chiqilgan loyihaning texnik-iqtisodiy asosi (TIА) “Loyiha va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan oʼtkazilgan. Xozirda TIА manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Vazirlar Maxkamasiga tasdiqlash uchun kiritildi.

Investitsion loyihani oʼz muddatida amalga oshirish uchun, ishchi loyihasini ishlab chiqish, uskunalar va materiallarni yetkazib berish, xamda dastlabki qurilish ishlarini amalga oshirish boʼyicha ishlar bosqichma-bosqich yoʼlga qoʼyilmoqda. Muxandislik tadqiqotlarini oʼtkazish uchun, tanlangan qurilish maydonlarini pudratchi tashkilotga topshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Omsknefteximproekt” MChJ va “UzLiTi Engineering” MChJ bilan xamkorlikda yangi texnologik jarayonlarini qurish va mavjud texnologik obʼektlarni rekonstruktsiya qilish ishchi loyixalarini ishlab chiqish bilan birga, zavodda yangi rezervuarlarni xamda bugʼ qozonxonasini qurish, bundan tashqari quyish-toʼkish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarini avtomatlashtirish boʼyicha loyiha xujjatlarini ishlab chiqish shuningdek jixozlarni yetkazib beruvchi kompaniyalarni tender asosida tanlash ishlari jadal davom ettirilmoqda. Italiya davlatining “MACCHI ASSEMBLING YARD MARGHERA” kompaniyasi tomonidan bugʼ qozonini ishlab chiqarilishi yoʼlga qoʼyilgan.

Аlbatta, investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish maqsadida, xalqaro tijorat banklari bilan muzokaralar davom ettirilmoqda, ushbu yuzasidan banklar tomonidan soʼralgan xujjatlar oʼrganib chiqish uchun taqdim etilgan.

“Fargʼona NQIZ” MChJda API standarti va yoʼl xaritasi asosida, Xitoyning “Bett Chemical” va “Xinxiang Richfull” kompaniyalaridan sotib olingan qoʼshimchalardan (prisadka) foydalanib I-guruhga mansub yangi turdagi moy maxsulotlar ishlab chiqilib bugungi kunda jami besh xil turdagi motor, gidravlika va transmisiya moylari namunalari ishlab chiqilib, isteʼmolchilar tomonidan sanoat sharoitida sinovdan oʼtkazilmoqda.

Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi "Jizzax Petroleum" MChJ QK ning  ishonchli boshqaruvi ostida ishlaydi